1992 yilda «Uyda yolğiz 2: Nyu-Yorkda yöqolgan bola» komediyasini suratga olgan rejissyor Kris Kolambus filmdagi Donald Tramp bilan boğliq sahnani kesib taşlaşni orzu qilişini tan oldi. Biroq u AQŞ prezidenti qasosi va mamlakatdan deportatsiya qilinişidan qörqib, bu «tavqi la’nat» va «oğir yuk»dan qutula olmasligini aytdi.

«Agar buni qilsam, ehtimol, mamlakatdan çiqarib yuborilişim mumkin. Qöşma Ştatlarda yaşaşga yaroqsiz deb topilişim, söngra Italiyaga yoki boşqa joyga qaytişga majbur bölişim mumkin», dedi 66 yoşli rejissyor San Francisco Chronicle naşriga.

Filmda Donald Trampning epizodik roli 7 sekund davom etadi. AQŞ bölajak prezidenti boş qahramon rolini ijro etgan Makoley Kalkinga Plaza mehmonxonasidagi liftga qanday borişni bir oğiz tuşuntiradi. Şu davrda 46 yoşli Tramp köçmas mulk sohasida nufuzli magnat bölgan va Nyu-Yorkdagi eng yirik mehmonxonalardan biriga egalik qilgan.

Kolambus jurnalistlarga Trampning filmdagi iştiroki Manhetten markazidagi mehmonxonada suratga oliş uçun zarur şart bölganini aytdi. Rejissyorning sözlariga köra, Tramp ultimatum qöygan: «Agar men filmda köriniş bersam, Plaza mehmonxonasidan foydalanişingiz mumkin».

Tramp 2023 yilda Kolambusni yolğon gapirişda aybladi. Respublikaçilar partiyasidan AQŞ prezidentligiga nomzodini qöymoqçi bölgan siyosatçi sözlariga köra, suratga oliş guruhi tom ma’noda undan filmda köriniş berişni «yolvorib söragan». Tramp sözlariga köra, oxir-oqibat bu lavha filmga «juda mos tuşgan».

The Guardian naşrining qayd etişiça, 1992 yilda «Uyda yolğiz 2» filmi haqiqatan ham prokatda xitga aylandi. 28 million dollar budjetga ega film 360 million dollar yiğdi. Şu bilan birga, ötmişda Tramp lavhasini filmdan kesib taşlaşga urinişlar bölgan. Qisqartirilgan versiyasi 2019 yilda Kanada televideniyesida namoyiş etilgan.

Olti yil ötib, 2025 yil fevralida Donald Tramp özining ikkinçi prezidentlik muddatida Kanada tovarlariga 25 foizlik boj joriy etişini e’lon qildi. Biroq, şundan söng u ikki marta qarorini keçiktirdi.