Amerikaning Çikago şahri çekkasida joylaşgan va 1990 yilda Makoley Kalkin iştirokidagi «Uyda yolğiz» maşhur komediyasi suratga olingan uy öz xaridorini topdi.

Coldwell Banker Realty köçmas mulk agentligi veb-saytida uyning sotilganini anglatuvçi belgi paydo böldi. Haşamatli uy şu yilning may oyida 5,25 million dollarga sotuvga qöyilgan edi.

Bungaça uy 2012 yilda 1,58 million dollarga sotilgan edi. Yangi egalari keng kölamli qayta quriş va ta’mirlaş işlarini amalga oşirdi. Jumladan, katta «qişki boğ», basketbol maydonçasi va kinozal qurildi. Ikkinçi qavatga eltuvçi asosiy zinapoya ham özgartirildi, filmdagi boş qahramon u orqali çanada sirpangan edi.

«Uyda yolğiz» filmining faqat bir neçta epizodlari bu uy içida, köpçilik asosiy epizodlar qöşni maktabning sportzalida suratga olingan.

Film qahramoni Makoley Kalkin avvalroq bu uyni sotib oliş haqida öylayotganini aytdi. U film muxlislari kelişi va masalan, zinapoyadan pastga sirpanib tuşişi yoki boşqa sahnalarni öynaşi uçun attraksionga aylantiriş ğoyasiga ega edi. Ammo, aktyor sözlariga köra, hayot bu rejalarga xalaqit berdi. «Mening bolalarim bor va men band odamman», deb tuşuntirdi u.