Turli maxfiy ma'lumotlarni oşkor qilişga asoslangan WikiLeaks sayti AQŞning demokratik partiyasi Milliy qömitasining serverlaridan olingan audioyozuvlarni omma e'tiboriga havola etdi. Bu haqda, WikiLeaks özining Twitter sahifasida ma'lum qildi.

«E'lon: Demokratik partiya qömitasi audioyozuvlari», — deyiladi WikiLeaks qisqa xabarida.

Bu ma'lumotlar Qömita serverlariga uyuştirilgan xakerlik hujumlari oqibatida qölga kiritilgan. 

Avvalroq, WikiLeaks portali asosçisi Julian Assanj Rossiyaning AQŞ demokratlarining maktublari oşkor bölişiga aloqasi yöqligini aytgan edi.