Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya bosh vaziri masjidlarni xorijdan moliyalashtirishni taqiqlash fikrini bildirdi
Fransiya o‘z hududida barpo etilajak masjidlarni xorijdan moliyalashtirishni taqiqlashi mumkin. Mamlakat bosh vaziri Manuel Vals Le Monde gazetasiga bergan intervyusida shunday fikr yuritgan.
"Fransiyadagi Islom bilan munosabatning yangi turini o‘ylab topish kerak. Men Fransiyada qurilayotgan masjidlarga xorijdan moliyaviy yordam berilishini vaqtincha taqiqlash tarafdoriman", - degan bosh vazir.
"Fransiyaning terrorizmga qarshi kurashi uzoq davom etadi va biz boshqa qo‘poruvchiliklarga ham guvoh bo‘lamiz. Biroq, biz o‘z strategiyamizga ega bo‘lganimiz sababli g‘alaba qozonamiz", - deya ishonch bildirgan Vals.
Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026