IŞID terrorçilik tödasi AQŞ yetakçiligida qöşinlar himoyasida bölgan Suriya şimolidagi 24 ta aholi yaşaş punktini bosib oldi. Bu haqda Suriya Inson huquqlarini himoya qiliş observatoriyasiga asoslanib Al Arabia xabar bermoqda.
Manbada aytilişiça, bugun terrorçilar bosib olgan qişloqlar Manbij şahridan 10 kilometr uzoqlikda, Turkiya çegarasi hamda IŞIDning norasmiy poytaxi Raqqa oraliğida joylaşgan.
AQŞ boşçiligidagi koalitsiya bu hududlarga havo hujumidan töliq himoya yaratgan. Biroq terrorçilar xudkuşlar va avtomibillarni portlatiş orqali jiddiy qarşilik körsatmoqda.
Observatoriyaning ma'lum qilişiça, Suriyada oxirgi beş yillikdagi konfliktlar sabab 280 ming kişi halok bölgan. Millionlab suriyaliklar uylarini tark etgan.
















