Dunyoning 13 mamlakati aksildoping agentliklari Xalqaro Olimpiya qömitasini, Rossiya sportidagi doping mojarolari vaqtida yetakçilikni qölga ola bilmagani uçun tanqid qildi.
Avstriya, Kanada, Daniya, Finlyandiya, Germaniya, Yaponiya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Polşa, Şvetsiya, Şveytsariya va AQŞ aksildoping agentliklari rossiyalik sportçilarni Olimpiya öyinlariga kiritmaslik qarorini XOQ qabul qilişga jur'at etmaganidan afsus bildirgan.
Ma'lumki, uşbu mamlakatlar agentliklari XOQdan Rossiya olimpiya termasini töliq tarkibda diskvalifikatsiya qiliş hamda rossiyalik sportçilarning Olimpiya bayroği ostida qatnaşişlari uçun me'yorlarni tuzib çiqişni talab qilişgan edi.
XOQ, milliy aksildoping agentliklari fikriça, bu talablarni bajarmaslik bilan toza sportçilarning huquqlarini buzgan.
«XOQ sönggi qaror qabul qilişni xalqaro sport federatsiyalariga yuklaş hamda siyosiy va tijoriy ta'sirga ega qarorlar qabul qilinişining oldini oliş borasida mustaqil emasligini namoyiş etgan», -deyiladi qöşma hujjatda.
Bundan taşqari, XOQ WADA agentligiga Rossiya sportidagi doping haqida ma'lumot bergan Yuliya Stepanovani Olimpiya öyinlariga kiritmagani uçun tanqid qilingan.
Şunga köra, kelajakda bu kabi salbiy holatlarga qayta yöl qöymaslik uçun taşkilotda özgarişlarni amalga oşirişi lozim.
















