09:38 / 02.08.2016
4877

Shvaynshtayger yoshlar jamoasiga o‘tkazilgani uchun «Manchester Yunayted»ni tark etmoqchi

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger uni bosh murabbiyi Joze Mourino asosiy tarkibga kiritmasdan, yoshlar jamoasi bilan shug‘ullanish uchun jo‘natgani tufayli klubni tark etishga hozirlik ko‘rmoqda.

Bild tabloidi xabariga ko‘ra, Mourino uni yangi mavsum uchun rejalariga kiritmaganini ma'lum qilgach, u o‘ziga yangi jamoa qidirishni boshlagan.

O‘tgan mavsumda Bastian Shvaynshtayger «MYu» uchun 20 uchrashuv o‘tkazgan va 1 gol urib, 1ta golli pas muallifi bo‘lgan.

Shvaynshtaygerga «Milan», «Inter» va «PSJ» jamoalaridan qiziqishlar mavjud.

Futbolchining «MYu» bilan shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Germaniya terma jamoasi bilan Yevro-2016 yarim finaliga qadar borgan bu futbolchi biroz oldinroq, terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida ma'lum qilgandi.

Mourino Shvaynshtayger va yana 8 o‘yinchini yoshlar tarkibi bilan shug‘ullanishga jo‘natdi

Top