Rada Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga Donbass maqomini qabul qilishga yo‘l qo‘ymayapti, degan fikrni bildirgan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Vladimir Putin bilan uchrashuvida.
"Yaqinda Poroshenko menga aytishicha, Donbass va u yerdagi ikkinchi mintaqaning (Lugansk) maqomini qabul qilishga, uning Radadagi tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil etmayotgani imkon bermayapti, - degan Nazarboyev Rossiya davlat rahbari bilan suhbatda. – O‘ylaymanki, Poroshenko biron kelishuv yo‘lini topa oladi".
1-iyul kuni TASSning xabariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Qozog‘iston davlat rahbaridan mamlakat janubi-sharqidagi inqirozni bartaraf etishda vositachilik qilishni iltimos qilgan.










