2016 yilning iyul oyi butun dunyo kuzatuvlari böyiça, tarixdagi eng issiq oy deya e'tirof etildi. NASA iqlimşunoslarining ta'kidlaşiça, bu yilgi iyul oyi nafaqat 2015 yilgi rekordni ortda qoldirdi, balki eng issiq ön oy seriyasini davom ettirmoqda. Bu haqida The Independent naşri ma'lum qildi.
NASA ekspertlari iyul oyi sanoat davriga qadar bölgan örtaça ob-havo körsatkiçlaridan Tselsiy böyiça 1,3 darajaga issiqroq bölganini qayd etişdi. Bunday ösişning taxminan 0,2 darajasi El-Nino ta'siriga boğliq, qolgan 1,1 daraja - inson faoliyati orqali yuzaga kelgan global isiş natijasi.
Okean va atmosfera milliy tadqiqotlar boşqarmasi (AQŞ) ma'lumotlariga köra, oxirgi 14 oyda rekord darajadagi issiq iqlim kuzatilgan.
Olimlar bunday rekordning yoz oylarida zaiflaşgan El-Ninoga deyarli boğliq emasligidan xavotirga tuşişmoqda. Avval 2016 yilning yuqori harorati Tinç okeani suvlarini isitgan El-Nino hodisasi bilan boğlanayotgan edi.
2015 yilda Buyuk Britaniyaning Meteorologiya markazi oldindagi ikki yil Yer tarixidagi eng issiq yillar bölişini aytib ogohlantirgan.
















