O‘zbekiston | 16:52 / 17.08.2016
27206
2 daqiqa o‘qiladi

"Ijtimoiy fikr": O‘zbekistonliklarning 99,5 foizi Islom Karimov aholi ishonchini qozonganini ta'kidladi

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi mustaqillik bayrami arafasida «O‘zbekiston: davlat mustaqilligining 25 yilligi» mavzuida ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi.

O‘zbekistonning barcha hududlari qamrab olingan tadqiqotda aholining turli ijtimoiy guruhlari, turli millat vakillari ishtirok etgan.
Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisi (99,5 foizi) mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov aholi ishonchini qozonib, o‘zbek xalqi tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotganini alohida ta'kidlagan.

Fuqarolarning aksariyati (98,2 foizi) mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni ijobiy va barqaror, deb hisoblaydi. So‘rovda qatnashganlarning 99,6 foizi mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik, millatlararo va dinlararo totuvlik mustahkamlanib borayotgani, davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e'tibori tobora ortayotgani, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asoslari yaratilgani, so‘z erkinligi va inson huquqlari qaror topgani, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti shakllanganini istiqlol yillarida erishilgan asosiy muvaffaqiyatlar sifatida qayd etgan.

So‘ralganlarning asosiy qismi (99,4 foizi) O‘zbekistonning dunyoda egallagan o‘rnidan faxrlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid