Amerikalik aktyor Mark Uolberg uni hamkasbi Mett Deymon bilan adaştirişlari haqida gapirib berdi, deb xabar bermoqda Extra TV.

Uolberg "Uçinçi ortiqça", "Transformerlar: qiriş davri", "Jangçi" filmlarida, Deymon esa "Ouşenning 11 dösti", "Dono Uill Xanting", "Born identifikatsiyasi" filmlarida suratga tuşgan. Ular birgalikda "Adaşganlar" filmida rol ijro etişgan.

"Odamlar meni "Born identifikatsiyasi" filmida yoqtirişlarini aytişadi. Men esa ularga minnatdorçilik bildiraman", deb aytmoqda Uolberg. Uning aytişiça, Deymonga esa odamlar "Uçinçi ortiqça" filmidagi roli yoqişini aytişadi. 

Uolbergning aytişiça, uni Deymon bilan adaştirganlarni heç qaçon töğrilamaydi. "Men şunçaki "Kattakon rahmat. Meni "Born identifikatsiyasi-4"da köring deb aytaman", deb ta'kidlamoqda aktyor.  

Avvalroq Riodagi Olimpiadada kamonçilar bahsida kumuş medalni qölga kiritgan amerikalik sportçi Breydi Ellison aktyor Leonardo DiKaprioga öxşatilgani ma'lum qilingandi.