Amerikalik maşhur aktyor Mett Deymon Finlyandiyaning AQŞdagi elçixonasi tomondan “qidiruvga” berildi. Elçixona uşbu hazilomuz e'lonni ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy niyatlar bilan joylaştirgan. Finlyandiyaliklar “Oskar” sovrindori davlatlarini mustaqillikning 100 yilligi bilan tabriklaşini istaşmoqda.

“Finlyandiyaga zudlik bilan yordamingiz kerak: yuzinçi Mustaqillik kunimizgaça bir oydan köproq vaqt qoldi va biz Mett Deymonni topişimiz kerak! Biz uçun bobosi Finlyandiyadan bölgan Mettning tabrigi katta şaraf bölardi”, deb aytilgan elçixonaning Facebook’dagi sahifasida.

Finlyandiyalik diplomatlar uşbu xabarni ularga yordam bera oladigan odamlar köra olişi uçun barça obunaçilaridan repost qilişni iltimos qilişgan.

Deymon öz oilasi tarixini sözlab berganda, otasining bobosi Nils Payari 20-asr boşida Finlyandiyadan AQŞga köçib ötganini aytgan. Uning bobosi Jon esa AQŞda tuğilgan. Bobosi öz familiyasini amerikaliklar uçun odatiy bölgan Peyj familiyasiga özgartirgan. Aktyorning töliq ismi-şarifi Mettyu Peyj Deymon kabi yangraydi.