Şaxsiy kompyuterlarni işlab çiqariş böyiça eng yirik kompaniyalardan biri bölgan Lenovo moliyaviy yilining iyun oyida tugagan birinçi çoragi xususida hisobotini e'lon qildi, deya xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Joriy yilning aprel-iyun oylarida kompaniyaning sof daromadi 173 mln dollarni taşkil etgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 64 foiz köp demakdir. Bundan avval, tahlilçilar Lenovo kompaniyasining çoraklik daromadi 130 mln dollarni taşkil etişi mumkinligini aytişgan edi.
Biroq, birinçi çorakdagi naqd pul tuşumi 6 foizga pasayib, 10,05 mlrd dollardan iborat bölgan. Tahlilçilar bu boradagi raqam 9,63 mlrd dollardan oşişini taxmin qilişgandi.












