Turkiya Mudofaa işlari vaziri Fikri Işik Anadolu agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildiki, Turkiya qurolli kuçlarining katta qismi davlat töntarişiga urinişda iştirok etgan isyonçi va xoinlardan tozalangan.

"Turkiya qurolli kuçlari tarkibidagi xoinlarning asosiy qismi aniqlandi va qölga olindi. Şu orqali isyonçilarni içkaridan qöllab-quvvatlaş ehtimoli deyarli yöq qilindi", degan u.

Vazirning qöşimça qilişiça, quruqlik qöşinlari, HHK, HDK, jandarmeriya hamda sohilböyi qöriqlov xizmatlarida işdan olingan harbiylar soni 3725 nafarni taşkil qilmoqda.

15 iyul oqşomidagi voqealardan keyin mamlakatda yalpi tozalaş tadbirlari boşlandi va isyonçilarga aloqadorligi gumon qilingan kişilar qölga olindi.