Içki işlar vazirligi işçi guruhi tomonidan Farğona viloyati hududida huquqni muhofaza qiliş organlari bilan hamkorlikda “Tozalaş” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari ötkazildi.

Viloyat hududida olib borilgan faol tadbirlar doirasida 86 ta jinoiy, 853 ta ma’muriy, jami 939 ta holatlar aniqlandi. 98 nafar şaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan bölsa, 889 nafar şaxslarga nisbatan ma’muriy çoralar körildi. 49 ta jinoyatlar foş etilib, 31 nafar qidiruvdagi şaxslar uşlandi. 1 167 nafar şaxslar rasmiy ogohlantirildi.

Qölga olingan jinoiy guruh va şaxslardan 3 kg 376 gr giyohvandlik vositalari, 2 331 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari, 17 ta noqonuniy qurol, 344 dona tiğli buyumlar olinib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirildi.

Olib borilgan tadbirlar davomida Rişton tumanida yaşovçi 1995 yilda tuğilgan şaxs qölga olindi. U erkaklar kiyim dökoniga kirib, sotib olmoqçi bölgan mahsulotlarini nasiyaga berişni talab qilgan. Sotuvçi bunga könmagaç, uni şa’ni va qadr qimmatini kamsituvçi sözlar bilan haqoratlab, qöl-oyoqlari bilan urib döpposlagan. Natijada dökon sotuvçisi jarohatlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzida ehtiyot çorasi qöllandi.

Farğona tumanida ötkazilgan “nazorat ostida oliş” tadbiri davomida esa maxsus xaridorga 2300 AQŞ dollari evaziga 500 gramm giyohvandlik moddasini sotayotgan şaxs qölga olindi. Uning yaşaş xonadonida keyinçalik sotiş maqsadida saqlab kelinayotgan giyohvandlik moddasi olinib, kimyoviy ekspertizaning xulosasiga köra, sof oğirligi 1 kg 470 gr “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlandi.

Oltiariq tumanida olib borilgan tezkor tadbir davomida, noqonuniy elektr energiyasidan foydalaniş holatiga çek qöyildi. Qörğonça mahallasi hududida joylaşgan boğdorçilik fermer xöjaligi tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan holda davlatga 1 897 533 734 söm miqdorda zarar yetkazganligi aniqlanib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirildi.

Yer resurslarini talon-toroj qiliş holatlarining oldini oliş yuzasidan Uçköprik tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida, 1968 yilda tuğilgan şaxs qölga olindi. U Kenagas mahallasi hududida joylaşgan 90 sotix qismi noturar va 1 gektar 60 sotixi davlat zaxirasida bölgan jami 2,5 gektar yer maydonini 650 000 AQŞ dollariga sotişga kelişib, oldindan 100 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Aniqlangan holatlar böyiça jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.