Poytaxtda qor yoğişi va qişki ob-havo şaroiti tufayli köçalarni tezkor tozalaş hamda transport harakatini barqaror ta’minlaş böyiça işlar kuçaytirildi. Toşkent şahar obodonlaştiriş boş boşqarmasi tomonidan 230 ga yaqin maxsus texnika hamda 1000 nafardan ortiq xodim işga jalb etilgan.
Ma’lum qilinişiça, qorni tozalaş va harakat xavfsizligini ta’minlaş işlari şaharning 793 ta köçasini qamrab olgan. Işlar uzluksiz tartibda, kuçaytirilgan rejimda olib borilmoqda.
Xizmatlar, avvalo, avtomobil harakati gavjum böladigan yönalişlar, jamoat transporti qatnovi faol köçalar, yöl ötkazgiçlar va çorrahalarda tozalaş işlarini jadallaştirgan. Qor qoplami va muzlamalarni bartaraf etiş orqali yöldagi xavf-xatarlarni kamaytiriş, piyodalar va haydovçilar uçun xavfsiz harakat şaroitini ta’minlaş asosiy vazifa etib belgilangan.
Şuningdek, ob-havo özgaruvçan bölgan paytlarda holatdan kelib çiqib texnika va xodimlar sonini yönalişlar böyiça qayta taqsimlaş, zarur nuqtalarda işlarni tezkor kuçaytiriş çoralari ham körilmoqda.












