Ğarbdagi naşrlar videobloger Luis Koulni KXDRda olingan roliklar vositasida şimollik koreyslarning turmuş tarzini tarğib qilişda ayblangan. Video YouTube portalidagi kanalda FunForLouis nomi bilan namoyiş etilgan.

Roliklarda 33 yoşli bloger bu mamlakat böylab sayohati haqida hikoya qiladi va bu mamlakat haqidagi yomon fikrlarni yöqqa çiqarişga urinadi. U mahalliy oşxonalarga taşrif buyuaradi va mahalliy kişilar bilan muloqot qiladi. U quvnoq kayfiyatda bölişiga qaramasdan ba'zi muammolarga ham yöliqadi, bir safar mehmonxonalardan birida suv yöqligi uçun u çoy iça olmaydi.

Ğarb naşrlari, xususan VanityFair, The Washington Times va Forbes kabi naşrlarda videoblogerning harakatlari tanqid ostiga olingan va Koul sayyohlar uçun yangi sayyohlik yönalişi oçişga urinişda, KXDR madaniyatini tarğib etişda ayblangan.

Luis Koul — taniqli videobloger bölib, uning YouTube-kanalida 1,8 million öquvçi bor. Şuningdek, uning tvitterda 815 mingdan ortiq folloveri bor.