«Muborak gazni qayta işlaş zavodi» MÇJ 2016-yil oxirigaça yiliga 80ming tonna oltingururt kukunini zarraça şaklida işlab çiqariş quvvatiga ega loyihani yakunlaydi. Yangi loyihani işga tuşiriş mahsulot sifatini xalqaro ekologik talablar darajasiga olib çiqişga imkon beradi. 

Bundan taşqari, tayyor mahsulotni taşiş, qayta işlaş qulaylaşadi. Bu ham uning raqobatbardoşligini oşiradi, deb xabar qilmoqda UzDaily.uz. 

Yaqin yillarda zavodda yana bir yirik loyiha yakuniga yetkazilişi kutilmoqda. U, mavjud quvvatlardan yanada samarali foydalanişga imkon beradi. Ayni vaqtda, gazni oltingugurtdan tozalaş uskunalari orqali ötayotgan qayta işlangan kislotali gazlar tarkibidan oltingugurt oliş qurilmasini örnatiş işlari böyiça hujjatlar tayyorlanmoqda. 

Uning quvvati soatiga 57 ming kubmetr gazni qayta işlaşga teng böladi. U, yiliga 280 ming tonna oltingugurt işlab çiqara oladi. 

Muborak gazni qayta işlaş zavodi 1971-yili işga tuşirilgan. Uning hozirgi quvvati 30 mlrd. kubmetr tabiiy gazni qayta işlab, 570 ming tonna gaz kondensati va 417 ming tonna oltingugurt oliş imkonini beradi.