18-avgust kuni yaponiyalik sportçi qiz Risako Kavai ayollar örtasida erkin kuraş bahslarining 63 kggaça vazn toifasida Olimpiadaning oltin medaliga sazovor böldi. U, finalda belorussiyalik kuraşçi Mariya Mamaşukni 6:0 hisobida mağlub etgan. Şundan söng, ğalabasini nişonlagan Risako murabbiyi Kazuxito Sakaini yelkasida kötarib aylantirgan.
U, şuningdek, murabbiyiga kuraş usulini qöllab, Sakaini gilamga yiqitgan.
Bu öz navbatida Tvitter foydalanuvçilarining hazil qilişlariga mavzu bölgan. Ulardan birining aytişiça, hatto murabbiylar ham Olipiya çempionlari oldida özlarini xavfsiz his qilişa olmaydi.




















