Dunyoga maşhur amerikalik aktyor Arnold Şvartsenegger Hongkong aholisiga şaxsiy barkamollikka erişişda muvozanatga rioya etişni maslahat qildi. Uning fikriça, jismoniy va aqliy rivojlanişni bir maromda olib boriş muhimdir.
Hollivud yulduzi Xitoyning maxsus ma'muriy tumaniga Classic Asia Multi-Sport Festival ("Osiyo klassik turli-tuman sport festivali")da iştirok etiş uçun kelgan.
"Inson qabrga kirguniça öz tanasi ustida işlaşi lozim. Şu bilan birga özining aqliy qobiliyatlarini ham maşq qildiriş ahamiyatlidir", - deb qayd etgan Şvartsenegger töplanganlarga murojaat qilar ekan. Uning sözlariga köra, har kimda "yaşaş yoki kun keçiriş" borasida tanlov bor.
"Siz kuniga şunday harakat qiling-ki, qeçqurun oynaga qarab, özingizga: "Men bugun köp narsani örgandim", deya oling, - deb ta'kidlagan aktyor öz muvaffaqiyati siri bilan örtoqlaşib.
Şvartseneggerning aytişiça, u hozirgaça tonggi soat beşda uyğonib, sportzalda şuğullanadi.

















