Eng uluğ, eng aziz bayram – Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi şodiyonalari tobora yaqinlaşmoqda. Mamlakatimizning barça hududlarida uşbu qutluğ ayyomni munosib kutib olişga qizğin taraddud körilmoqda.
Şahar va qişloqlarda, mahallalar va mehnat jamoalarida tevarak-atrofni tartibga keltiriş, obodonlaştiriş, ariq-zovurlar, xiyobonlarni tozalaş işlari amalga oşirilmoqda. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 avgustda qabul qilingan farmoyişi bu boradagi işlar kölamini kengaytirişda muhim dasturilamal bölmoqda.
Obodonlaştiriş va tozalik oyligi tadbirlari poytaxtimizda ham uyuşqoqlik bilan taşkil etilmoqda. «Mahalla» xayriya jamoat fondining Toşkent şahar bölimidan ma'lum qilişlariça, obodonlaştiriş işlari jarayonida mahallalar, aholi punktlari, köp qavatli uylar, hovlilar, boğ va sayilgohlarni tartibga keltiriş, çiqindilarni belgilangan joyga çiqarib taşlaş, köçalarni ta'mirlaşga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Poytaxtimizning Şayxontohur tumanida mahallalar hududidan ötadigan yuzga yaqin köça ta'mirlanib, namunaviy köçaga aylantirilmoqda.
– Mahallamiz hududidan ön uçta köça ötadi, – deydi Şayxontohur tumani “Labzak” mahalla fuqarolar yiğini mas'ul kotibi Hafiza Sobirjonova. – Uşbu yöllarni ta'mirlaş va tevarak-atrofini obodonlaştiriş işlarida aholi faol iştirok etmoqda. Bugungi kungaça yöllarning qariyb yarmi ta'mirlandi va köçalar namunaviy holatga keltirildi.
Keyingi yillarda mahallalarda yana bir zamonaviy infratuzilma – bolalar öyin maydonçalari ham köpaymoqda. Bunday maskanlar nafaqat bolalarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş, balki salomatligini mustahkamlaş, ularni jismonan çiniqtirişda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har bir maydonçada önga yaqin öyin qurilmasi örnatilgan. Bunday maskanlarning texnik holati, tozaligi mahalla tomonidan doimiy nazorat qilinadi. Yaroqsiz holga kelgan öyin qurilmalari yangilanib, takomillaştirilib borilmoqda.
Köp qavatli uylarni ta'mirlaş, köçalarni yoritiş tizimini modernizatsiyalaş, çiqindi yiğiladigan maydonçalarning moddiy-texnik holatini yaxşilaş işlari davom etmoqda. Bu jarayonda mahallalarning uy-joy mulkdorlari şirkatlari, “Maxsustrans” korxonasi, Obodonlaştiriş boşqarmasi bilan yaqindan hamkorlikni yölga qöygani yaxşi samara bermoqda.
– Toza-ozoda, obod joyda fayzu baraka böladi, – deydi Şayxontohur tumani “Oqilon” mahalla fuqarolar yiğini raisi Alişer Ahmedov. – Şuning uçun yurtimizda katta şodiyonalar, bayramlar oldidan umumxalq haşarlari uyuştirilib, xonadonlar, mahalla, köça va xiyobonlar, guzarlar, muqaddas qadamjolarni yanada obod qiliş yaxşi an'anaga aylangan. Xalqimizga xos bunday xayrli işlarda pok niyatlarimiz, ezgu orzu-maqsadlarimiz öz ifodasini topmoqda. Mustaqillik bayrami arafasida obodonlaştiriş va tozalik oyligi ötkazilişi ham eng uluğ, eng aziz ayyomni yurtimizning har bir göşasida munosib nişonlaşga xizmat qilmoqda.













