Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada erkin kuraş böyiça 74 kg vazn toifasida kumuş medal sohibi bölgan Aniuar Geduyev final bahsida yarim finalda olgan jarohati bilan eronlik Hasan Yazdaniyga qarşi bellaşdi. Geduyevning yarim finalda olgan jarohati uning oltin medalni qölga kiritişida pand bergan omil böldi.
Yarim finaldan keyin sportçining boşidan qon keta boşlagan. Hakamlar uni umuman final bahsiga qöymoqçi bölmaganlar. Biroq uning boşi yaxşilab bintlangandan keyin unga finalda iştirok etişga ruxsat berilgan.
"Yarim finaldan keyin Aniuarda qattiq qon keta boşladi. Biz Olimpiya qişloğiga borib, jarohatini tiktirib keldik. Musobaqalarning boş şifokori uni boşini böyni bilan ziç qilib bintlab qöyişimizni talab qildi. Yöqsa Aniuar finaldan olinişi aytildi. Şuning uçun u nafas olişga qiynaldi. Eronlik ham ataylab uning qon oqayotgan köziga qarşi işladi", deb aytmoqda sportçining murabbiyi Aleksey Kaziyev.
Geduyev bellaşuvning oxirgi daqiqalarida böynidagi boğlam nafasini siqa boşlagani sababli deyarli nafas ololmay va çap köziga jarohati sababli körmay qolgan.

















