Rigada Litva prezidenti Dali Gribauskayte, AQŞ vitse-prezidenti Jo Bayden, Latviya va Estoniya prezidentlari Raymond Veyonis va Toomas Xendrik Ilves uçraşuvida himoya va mudofaa sohasida hamkorlik böyiça umumiy siyosiy deklaratsiya qabul qilindi.
Bayden 23 avgustda Rigaga rasmiy taşrif bilan keldi.
Litva prezidenti matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, uçraşuv iştirokçilari Boltiqböyi hududi mudofaasini kuçaytiriş, AQŞ NATOning şarqiy flangiga qanday yöllar bilan qöşilişi mumkinligi, mamlakatlarning energetik va yadroviy xavfsizlik masalalarini muhokama qilişdi.
Bundan taşqari, uçraşuvda AQŞ qurolli kuçlarining mintaqada bölişining muhimligiga ahamiyat qaratildi, NATO rahbarlarining Varşavadagi uçraşuvida berilgan majburiyatlarni amalga oşiriş hamda xalqaro qurolli kuçlarga investitsiya qilişga intiliş qayd qilib ötildi.
Ma'lum qilinişiça, deklaratsiyada xavf-xatarlarni uşlab turişning kuçaytirilişi taşqi tomondan gibrid va kibernetik xavflarning oşişi, energetik xavfsizlik, çegaralarni himoyalaşga javob berişi ta'kidlangan.

















