Rossiyalik harbiy xizmatçi Valeriy Permyakov Armanistonning Gyumri tumanida Avetisyanlar oilasini öldirgani uçun umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi. 

Sud mahkamasi ayblov tomonining talablarini töliq qanoatlantirgan. 

Qotillik jinoyati yuzasidan mahkama jarayoni ötgan yilning dekabr oyida Rossiyaning Gyumridagi 102-harbiy bazasi hududida boşlangan edi. Permyakov uşbu harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni ötayotgan vaqtda qotillikni sodir etgan.

Tergovga köra, 2015-yil 12-yanvarida oddiy askar Permyakov qorovullikni ruxsatsiz tark etgan. Şundan söng, u Avetisyanlar oilasining uyiga kelib, 6 kişini otib taşlagan va olti oylik çaqaloqni ham oğir yaralab, uning ölimiga sabab bölgan. 

Permyakov rossiyalik çegaraçilar tomonidan arman-turk çegarasini Bayandur qişloğida kesib ötişga uriniş çoğida uşlangan edi. 

Ayblanuvçining sudda iqror bölişiça, u Turkiyaga qoçiş uçun harbiy qismni tark etgan. Uning sözlariga köra, avtomat qurol va piçoqni çegaradagi itlarni qörqitiş uçun olgan. 

Şundan söng, u ötgan yilning avgust oyida dezertirlik va öqotar qurolni öğirlaş jinoyati böyiça Rossiya harbiy sudi tomonidan 10 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgandi. Ommaviy qotillik jinoyati uçun Permyakovni Armaniston sudi Rossiya qonunlari böyiça sud qildi. Permyakov qotillikdagi aybiga iqror bölgan, ekspertlar uning soğlomligi borasida xulosa qilişgan.