Mayya hindulari misli körilmagan kuçli astronom bölib çiqişdi – ular Nikolay Kopernik tomonidan geliotsentrik model yaratilişidan ança avval koinot uzra sayyoralar harakati tamoyillarini kaşf qilib, ularni özlaştirişgan. Bu haqida Journal of Astronomy in Culture’da ma'lum qilindi.
Kolumb va boşqa yevropaliklar yetib kelguniga qadar Yangi Dunyo aborigenlari tomonidan yaratilgan “Drezden kodeksi” eng qadimiy kitoblardan biri hisoblanadi. Eramizning XI-XII asrlarida yozib qoldirilgan mayyalarning bu qölyozmasi VIII-IX asrlarda hindu donişmandlari tomonidan tayyorlangan qölyozmaning nusxasi hisoblanadi. Mazkur kodeks hindularning sirli yozuvlarini örganişda kalit sifatida xizmat qiladi.
74 sahifali bu kitobda mayyalar hayoti haqida köplab diniy va ilmiy ma'lumotlar mujassam bölib, undan Quyoş tutilişi va Oy harakatiga oid başoratlar, turli marosimlar, bayramlar va şu kabi köplab boşqa qiziqarli ma'lumotlar örin olgan.
Santa-Barbaradagi (AQŞ) Kaliforniya universiteti olimi Jyerardo Aldana uşbu kodeksning eng qiziqarli va hozirça unça tuşunarli bölmagan qismi – Venera jadvallarini örganib çiqdi.
Olimning ta'kidlaşiça, kitobda mavjud mayya iyeroglifining barça ma'nolari hali örganilmagan, şu bois tarixçi va olimlar Drezden kodeksidagi köp passajlar ma'nosini taxmin qilişiga töğri keladi. Bu işni ilk marotaba 1887 yilda nemis tarixçisi va matematik olimi Ernst Ferstermann amalga oşirgan.
Aldana bir qator iyerogliflarning ma'nolari haqidagi yangi ma'lumotlarni qöllab, Venera jadvallarini qayta öqib çiqdi. U jadvallarda gap ma'lum bir davrlarda Veneraning joylaşuvi haqidagina emas, balki tarixiy davrdan ança ilgarilab ketgan ajoyib astronomik kaşfiyot haqida borayotganini aniqladi.
Amerikalik tadqiqotçining sözlariga köra, uning hamkasblari hisob-kitoblar va ularning aniqligiga e'tibor qaratişgan, biroq muqaddimaga e'tibor berişmagan – bu yerda raqamlar nimani anglatişi va Veneraning orbita böylab harakatlanişiga oid hisob-kitoblardagi ğalati noaniqlik haqida yozilgan bölgan.
Mayyalar Veneraning koinot uzra aylanib, kuzatuvlar avvalida bölgan joyga qaytib kelişiga 584 kun emas, 583,92 kun ketişini yaxşi anglab yetişgan. Jadval tuzuvçilar bu raqamlardan foydalanib, sayyoraning joylaşuvini aniqlaşda Kodeks ma'nolariga nisbatan qöllaş kerak bölgan bir neça formulalar va işoralar berişgan.
Aldananing fikriça, Venera, Yer va boşqa sayyoralar Quyoş atrofida aylanişini bilmay turib, bunday hisoblaş tizimini öylab topişning iloji yöq. Olimning sözlariga köra, Çiçen-Itseda ana şunday rasadxona bölgan.

















