Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma beş yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, soğliqni saqlaş, adabiyot, madaniyat, san'at, ma'naviyat va ma'rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e'lon qilindi. Hujjat matni ÖzA saytida keltirilgan.

Unga köra, «Tafakkur» jurnali boş muharriri, «Çapaklar va Çalpaklar mamlakati», «Otoyining tutilgan yili», «Çiroqlar öçmagan keça», «Keçikayotgan odam», «Bayramdan boşqa kunlar», «Javob» kabi asarlar töplamlari muallifi Erkin A'zam "Özbekiston xalq yozuvçisi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Şuningdek, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Farğona viloyati bölimi rahbari Siddiqova Enaxon Abdurahimovna «Özbekiston Respublikasi xalq şoiri» unvoniga sazovor böldi.