Şodmon Otabek 1946 yili Andijon viloyatining Şirmonbuloq qişloğida tuğilgan. Hozirgi Mirzo Uluğbek nomidagi Milliy universitetni 1969 yili bitirgan.
Respublika radiosida, Özbekiston Milliy kinokompaniyasida, Toşkent davlat madaniyat institutida, «Özbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida xizmat qilgan. 1992 yildan 2003 yilgaça «Xabar» gazetasida boş muharrir bölgan.
Turli yillarda yozuvçining «Mirzakalon Ismoiliy» (1978), «Yaproqdagi nur» (1979), «Odamiylik sinovlari» (1986), «Eng baxtli kun», «Qorböron», (1988, 2009), «Şaxmat abadiydir» (1990), «Şirmonbuloq oqşomlari» (1995) kabi kitoblari, şuningdek, «Yaxşi kunlarda körişaylik», «Birkam dunyo» qissalari çop etilgan.
Adib atoqli yozuvçi Mirzakalon Ismoiliy haqidagi ilmiy izlanişlarini davom ettirib, 2010 yili «Mirzakalon Ismoiliy saboqlari» degan kitobini naşr ettirdi.
Şodmon Otabekning şoir va yozuvçilar hayotidan olib yozilgan, ustozlar – Ozod Şarafiddinov, Erkin Vohidov sözboşi yozgan, tört marta naşr qilingan «Dörmon hangomalari» kitobi maşhurdir. Bu kitob adabiy muhitning hazil-mutoyibalarga yöğrilgan bir tarixi sifatida ham qimmatli.
Şodmon Otabek badiiy tarjima bilan ham jiddiy şuğullangan. U L.Tolstoy, M.Zoşçenko, V.Şukşin, B.Sarnov, Ye.Gik, A.Nesin asarlarini mahorat bilan özbek tiliga ögirgan. L.Tolstoyning bolalarga atab yozgan hikoyalari va Aziz Nesinning hajviy hikoyalarini alohida kitob holida naşr ettirgan. Şodmon Otabekning asarlari rus, ukrain, qozoq, turk tillariga tarjima qilingan. «Şuhrat» medali bilan taqdirlangan.

















