Katta şaharlar hamişa odamlarni özgartirib yuboradi. U yerda binolar haşamatli, viqorli körinadi. Insonlar ham şunga moslaşadi, qudratli, salobatli bölib boradi. Biroq kişining yuragi kiçrayib ketadi, ruhiyatdan nimadir ğoyib böladi. Bugun biz “5 daqiqa”da özbekning katta adibi Erkin A’zam olamidan öşa ğoyib bölgan narsani topamiz.

Hikoyada ikki bolalikdagi döst — şaharda öqigan, katta hayotga moslaşgan şoir yigit va qişloqning beğubor havosini özi bilan kötarib yuradigan, sodda, beğam, samimiy Ramazon haqida gap boradi. Ramazon har bahor qişloqdan keladi — yelkasida paçaq çamadon. U şaharga bolalikni eslatadigan jaydari olmalari bilan keladi. Bu olmalar hikoyaning eng teran ramzlaridan biri: ular körimsiz, arzon, lekin şunday şirinki, insonning aslini yodiga soladi.

Ramazon har kelganida şahar hayoti mavj urganday böladi. U tabiatan şöx, ta’sirçan, beğubor inson. Kim bilan uçraşsa kuldiradi, kimni körsa quçoqlaydi, begona bilan ham bir daqiqada döst böladi. Uning heç qanday niqobi yöq, qişloqning tozaligini yuragida saqlab yuradi.

U şaharga begona

Şahar esa mutlaqo boşqa olam. Insonlar bu yerda qadamini ehtiyot bölib bosadi, yuzlarda heç qaçon töliq samimiyat körinmaydi. Muvaffaqiyat, manfaat, hisob-kitob, “boşqalar nima deydi?” degan öy-xayollar hayotning ma’nosiga aylangan. Ramazon esa bu olamga mos emas — u qançalik noyob odam bölmasin, şaharliklarga begona.

Asarning buriliş nuqtasi — Ramazonning “çayqovçi” sifatida qölga olinişi. U bu aybni tuşunmaydi ham. Sudda aytgan har bir gapi, har bir xatosi uning hayot qonuniyatlarini tuşunmasligidan emas, balki dunyodagi makkorlikka işonmasligidan.

Uning sud jarayoni — hayotning ayni özginasi. Dunyo sodda odamlarni hamişa tuşunmagan. Sudya ham Ramazondan biroz ayyorroq bölişni talab qiladi, yordam bergisi keladi. Biroq öşa ayyorlikni u qabul qilsa, siz-u bizdan farqi qoladimi? Uning Ramazonligi qoladimi?!

“Çantrimore” - ötmişda qolgan ovoz

Hikoyada fojia Ramazonning boşiga tuşmaydi — fojia uning jörasida.

U katta şaharda katta odam bölib ketgan. Manfaatni, ehtiyotkorlikni, ğalvali joylarga burun suqmaslikni, öz yölida jimgina yaşaşni örganib olgan. U Ramazonni yaxşi köradi, hatto öziga yaqin biladi, lekin uni himoya qilişga jasorati yetmaydi.