Moskvada "Sitibank"ning bo‘limini portlatish bilan tahdid qilgan tadbirkor Aram Petrosyan politsiyaga taslim bo‘ldi. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirligida ma'lum qilingan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Agentlik manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, bosqinchida portlovchi qurilma bo‘lmagan. U bo‘yniga ilib olgan skotch bilan o‘ralgan quti tuz solingan mulyaj bo‘lib chiqqan.
Shuningdek, erkak garovda ushlab turgan barcha odamlar ozod qilingan.















