Ma'lum bo‘lishicha, tadbirkorning "Mojayskoye eksperimentalno-mexanicheskoye predpriyatiye" MChJ bir yarim yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritmagan. "MEMP-ugol" MChJ xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, Petrosyan atrofdagilardan qarz bo‘lgani uchun, ancha vaqtdan beri Mojayskda ko‘rinmagan. 

Bundan tashqari, Petrosyan yana bir ayoldan biznesini rivojlantirish maqsadida 150 ming rubl olib haligacha qaytarmagan. 

Eslatib o‘tamiz, 1961-yilda tavallud topgan tadbirkor Aram Petrosyan Moskva shahri markazida "Sitibank" bo‘limini egallab olib, uni portlatib yuborish bilan dag‘dag‘a qilgan. Biroq, ko‘p o‘tmay u huquq idoralari xodimlariga taslim bo‘lgan. Uning yonidan topilgan sim ulangan paketga tuz solingani aniqlangan.