1991 yilning 23 avgustida Belgiyaning “Spa-Frankorşam” trassasida u paytlar katta ahamiyat kasb etmagan, biroq kelgusida sport olamida muhim örin tutgan hodisa yuz berdi: Eddi Jordan jamoasining yaşil bolidi ruliga yoş nemis poygaçisi Mixael Şumaxer ötiradi.
Gaşo hibsga olinadi
22 yoşli Mixaelning debyuti bir neça voqealar sabab amalga oşgan, ulardan biri kriminal bilan boğliq: Belgiya Gran-prisiga sakkiz oy qolganda “Formula-1” jamoasining asosiy poygaçisi Bertran Gaşo dugonasining “Alfa Romeo”sida London taksisi bilan töqnaşib ketgan. Ziddiyat davomida Gaşo gaz ballonçasini olib, taksiçining yuziga qarata sepgan va buning natijasida sud oldida javob bergan. Gaz ballonini noqonuniy olib yurgani uçun u 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgan va taksi haydovçisiga hujum qilgani uçun qöşimça 18 oy belgilangan. Sudning sönggi qarori poygaga bir hafta qolganda e'lon qilingan va jamoaning egasi Eddi Jordan qiyin vaziyatda qolgan: endi u Gaşoning örniga tayinli poygaçini topişi lozim edi.
“Mersedes”ning pullari
1991 yilda “Jordan” “Formula-1”da birinçi mavsumni ötkazayotgandi, jamoaning kuçli homiylari yöqligi sabab rahbariyat puli bor sportçini izlaşga qaror qildi. Dastlab nomzodlar röyxatidan Derek Uorik, Keke Rosberg va Stefan Yoxansonlar örin olişdi, ammo tez orada “Mersedes”ning odamlari Jordan bilan aloqaga çiqib, ular öz nomzodi uçun 150 000 funt sterling taklif qilişdi. U paytlar nemis konserni “Formula-1”da taniştirilmagan, lekin “Ts” guruh sportotiplari poygasida qatnaşgan bölgan – aynan şu “Ts” seriyada kompaniyaning eng yaxşi yoş iştirokçilari (Xaynts-Xarald Frenttsen, Karl Vendlinger va Mixael Şumaxer) iştirok etişgan. “Jordan”da özini körsatiş imkoni Şumaxerga taqdim qilindi.
Belgiya Gran-prisiga tört kun qolganda Mixael yangi jamoa bilan Silverstounda qisqa sinovlar ötkazgan.
“U trassani bor-yöği 20 marta aylanib çiqqan bölsa-da, vaqt böyiça eng yaxşi natijani körsatdi”, - deya sözlaydi konstruktor Geri Anderson. – “Uning maşinani nazorat qilişi barçada katta taassurot qoldirgan. Öşanda u bor kuçi bilan mutloq tezlikda harakat qilgandi”.
Yuksak iste'dod

“Jordan”da ularga juda yaxşi poygaçi qöşilganini tezda anglab yetişdi, Belgiya trassasida işonçli iştirokiga esa Şumaxerning qadrdon nemis şahri Kerpenning trassa yaqinida joylaşgani ham sabab bölgan.


















