Mail.Ru Group kompaniyasi saytlarida röyxatga olingan 25 mln ga yaqin akkaunt haqida ma'lumot noma'lum xakerlar tomonidan öğrilangan. CNET portali ma'lumotlariga köra, bu hujum ortida 2 xaker turgan bölişi mumkin. 

Ta'kidlanişiça, xakerlar cfire.mail.ru saytidagi 12,8 mln, parapa.mail.ru’dagi 8,9 mln profil va tanks.mail.ru’dagi 3,2 mln profilga kira olgan.

Xakerlar qöliga foydalanuvçilar taxalluslari, elektron manzillari, parol va tuğilagn kunlari haqidagi ma'lumot tuşgan. Taxmin qilinişiça, xakerlar şuningdek ba'zi buzilgan akkauntlar egalarining IP-manzillari, joylaşgan joylari va telefon raqamlari haqidagi ma'lumotlarni bilib olişgan.

Xakerlar ma'lumotlarga kiriş uçun yuqorida aytilgan saytlarda qöllangan vBulletin dasturidagi zaif joydan foydalanişgan. Ta'kidlanişiça, akkauntlari buzilgan  köplab foydalanuvçilar parol sifatida "123456789" kabi parollardan foydalanişgan. Bu parollarni brutfors usulida oson aniqlaş mumkin.

Xakerlar öğrilagan ma'lumotlarni çop etgan LeakedSource.com portalida hujum avgust boşida amalga oşirilgani aytilgan.

May oyi boşida poçta servislarining 272,3 mln foydalanuvçisi haqida ma'lumotlar oşkor bölgani ma'lum qilingandi. Ma'lumotlarga köra, xakerlar şu jumladan Mail.ru’ning 57 mln ta poçta qutisiga kira olgan.