“Odnoklassniki”, “Moy mir” va “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvçi Mail.ru Group bloklaniş bilan boğliq muammolarni hal qiliş uçun öz proksi-serverini işga tuşirdi. Bu haqda kompaniyaning xabarida aytilgan.
26 aprelda “VKontakte”, “Yandeks”, Twitter, Facebook, “Odnoklassniki”, Yahoo va Liveinternet xizmatining IP-adreslari taqiqlangan saytlar röyxatiga tuşdi. Roskomnadzorning tuşuntirişiça, muayyan IP-adreslarning röyxatga tuşişi tizimlar işining texnologik xususiyatlari bilan boğlangan va hozirda resurslar bloklanişdan çiqarilgan.
“Sizning sevimli xizmatlaringizga barqaror kira olişingiz uçun proksini işga tuşirdik. Bemalol foydalaning!”, deyilgan xabarda.
Kompaniya matbuot xizmatida ma'lumot tasdiqlangan. Şu bilan birga kompaniyada bu holatni ma'lum xizmatlar bloklanişi bilan boğlaşmayapti.
Roskomnadzor 16 apreldan Rossiyada Telegram messenjerini bloklaşni boşlagan. Telegram bloklaşni çetlab ötiş uçun Amazon va Google’ning xostinglarini qöllaşni boşlagani uçun Roskomnadzor bu kompaniyalarning messenjerda qöllanuvçi IP-adreslarini bloklaşni boşlagan. Buning ortida bir qator çetki resurslar işlaşida Rossiyada muammolar yuzaga kelgan.

















