Kamida 13 kişi Iroq poytaxtining turli hududlarida röy bergan portlaşlar va otişmalar oqibatida halok bölgan, 24 kişi jarohat olgan. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.
Manbaning politsiyaçilarga asoslanib xabar berişiça, Bağdodning janubiy va şimoliy tumanlarida odamlar köp töplangan, tijoriy muassasalar joylaşgan köçalarda portlaşlar amalga oşirilgan va 5 kişi halok bölib, 17 kişi jarohatlangan. Şaharning şarqiy qismida ikkita avtomobil portlatilişi oqibatida yana 2 kişi halok bölib, 7 kişi jarohatlangan.
Şu vaqtda şaharning turli hududlarida otişma röy bergan va natijada 6 kişi halok bölgan.
Hozirça bu hodisalar uçun javobgarlikni heç bir taşkilot öz zimmasiga olmadi.
Bundan oldinroq, Sinxua agentligi Iroq poytaxtidagi teraktlar oqibatida 18 nafar politsiyaçi halok bölgani haqida xabar bergandi.

















