Toşkentda Nurafşon köçasini "Tinçlik" metro stansiyasidan Muqimiy va Nukus köçalari bilan boğlab, şahardagi uçinçi halqa yölini taşkil etadigan Çilonzor Oqtepa maydonidagi transport tuguni qurilişi deyarli nihoyalab qoldi. Bu transport tugunining uzunligi 22 km ni taşkil qiladi. Bu haqda uz24.uz naşri xabar bermoqda. 

Kiçik halqa yöli boşqa köçalarga tuşadigan transport yuklamasini kamaytiradi va şahar markazidan Çilonzor, Eski şaharga (va aksinça) yetib oliş imkonini berib, 8 ta tumanni boğlaydi.

Foto: UZ24
Foto: UZ24

Oqtepadagi tugun 7 ta köça, jumladan Lutfiy, Muqimiy, Samarqand darvoza va Nurafşon köçalari uçraşadigan bölğusi magistralning oxirgi qismi hisoblanadi. Yangi trassa Muqimiy köçasidan burilişlarsiz harakatlaniş imkonini beradi.

Lutfiy va Muqimiy köçalarida piyodalar uçun Sebzor va Abdulla Qodiriy köçalari kesişmasida qurilganga öxşaş ikkita yer usti ötiş joyi qurildi.

Şuningdek, Muqimiy köçasining katta kölamdagi rekonstruksiyasi ham yakunlanmoqda: avval tramvay yöli ötgan yöl çetida joylaşgan köplab dökonlar, kafe, salon va boşqa inşootlar olib taşlandi.

foto: UZ24

Turar joy binolari, ta'lim muassasalari, umumiy ovqatlaniş va xizmat körsatiş şaxobçalari binolari bir xilda oqiş rangga böyab çiqildi. Ba'zi joylarda avtobus yönalişlari böylab oynavand bekatlar örnatildi. 

Quyida uşbu quriliş işlarining oxirgi bosqiçidan olingan suratlar keltirilgan.