Jahon | 12:44 / 29.08.2016
4438
1 daqiqa o‘qiladi

Yamanning Adan shahrida terakt yuz berishi natijasida 45 kishi halok bo‘ldi

Yaman janubidagi Adan shahrida terrorchi xudkush o‘zi boshqarib kelgan avtomobilni portlatib yuborib, terakt sodir etdi. Mamlakat xavfsizlik xizmatidagi manba ma'lumotiga ko‘ra, ushbu terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 45 nafarga yetgan.

TASS xabariga ko‘ra, terrorchi Yaman armiyasiga chaqirilganlar to‘plangan joyda hujum qilgan. Qurbonlarning jasadlari "Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti shifoxonasiga olib kelingan.

Adan - Yaman janubidagi eng yirik shahar bo‘lib, ayni vaqtda Abd Rabbo Mansur Hodiy tarafdorlari bu shaharni vaqtinchalik poytaxtga aylantirishgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid