NASA’ning Reaktiv harakat labaratoriyasi tadqiqotçilari Mars sayyorasining yuzasida qança miqdordagi suv oqimi borligini örganib çiqişdi. Ular ajabtovur xulosaga kelişdi: yerdagi sahrolarda qumlar qança bölsa, bu oqimlar tarkibidagi suv miqdori ham ulardan ortiq emasligi aniqlandi. Geophysical Research Letters’da şunga doir maqola çop etildi.


Ma'lumki, 2011 yilda Mars sayyorasida qiziq oqimlar – vodiy qiyaliklaridan pastga qarab tuşayotgan, körinişidan yerosti suv oqimlari izlariga öxşaş töq rangdagi çiziqlar aniqlangan. Ular Mars sayyorasi bahorida taxminan bir joyda paydo bölib, kuzda yana közdan ğoyib bölar edi. Spektografik tadqiqotlar oqimlar hosil böladigan joyda muayyan miqdordagi suv molekulalari bilan boğliq tuzlar mavjudligini körsatdi. Bularning barçasi oqimlarni “suv” deya baholaşga olib keldi. Zamonaviy Marsda suvning borligi haqidagi taxminga hamma tadqiqotçilar ham işonişmadi. 

NASA tadqiqotçilari bu gipotezani tasdiqlaş yoki inkor etiş maqsadida “Odissey” koinot qurilmasining IK-kameralarini örganib çiqişdi. Olimlar töq rangli oqimlar bölgan joylardagi qiyaliklar sathidagi haroratni oqimlar bölmagan yerlardagi harorat bilan taqqoslaşdi. Ma'lum bölişiça, haroratlar örtasida heç qanday farq bölmagan. Bu esa oqimlarda yo suvning yöqligi, yo bölmasa uning jud ham kam miqdorda ekanligidan dalolat beradi. Gap şundaki, suv Marsni qoplab olgan qum va qattiq toğ jinslariga qaraganda ança sekin isiydi. Agar oqimlarda suv köp bölganida, ularning sathi kunduzi salqin, keçasi esa iliqroq bölardi. “Odisseya” ma'lumotlariga köra, bu oqimlarda bölişi mumkin bölgan suvning maksimal miqdori bir kilogramm qattiq jinsga 3 grammdan ortiqni taşkil qilmaydi. Haqiqatda esa bu raqamlar bundan-da past bölişi mumkin. Namib yoki Atakama kabi yer sahrolarida taxminan şunça miqdordagi suv bor.

Yangi tadqiqotçilarning oqimlarda umuman suv bölmasligi haqidagi xulosasi ilm ahli orasida qöllab-quvvatlanmasa kerak. Mars vodiylaridagi qiyaliklarda mavsumiy oqimlarni suvsiz, deb tan olinişi ularning paydo bölişiga doir muqobil izohni talab qiladi. Buning uçun Mars yuzasi qatlamlarida eriş xususiyatiga ega, tuzli suvga yaqin, ammo suv bölmagan qandaydir suyuqlik bölişi kerak. Bunday suyuqlikni topiş oson emas. Boz ustiga Marsning ayrim hududlari ustida suv buğidan bulutlar va hattoki tumanlar hosil böladi. Suv buğlari esa qayerdandir buğlanişi kerak, ya'ni vodiylarda ma'lum bir miqdorda suv bölişi muqarrar.