Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isko va Xames yozgi transferlar yakuniga qadar APLda paydo bo‘lishi mumkin
«Real» jamoasi yarim himoyachilari Isko va Xames Rodriges jamoadan ketishi va faoliyatlarini Angliyada davom ettirishlari mumkin.
Xamesga «Chelsi», Iskoga esa Londonning boshqa bir jamoasi «Tottenhem» tomonidan qiziqish mavjud.
Bu futbolchilarning yozgi transferlar darichasi yopilguniga qadar Angliyaga o‘tishlari imkoniyati yuqori baholanmayapti, ammo shunday ehtimol saqlanib qolmoqda.
«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zaynidin Zidan futbolchilarning ketishiga qarshi emas, lekin ularning o‘rnini to‘ldirish kerak bo‘ladi.
Bundan oldingi xabarlarda «Chelsi» «Real»ga Xames uchun 70 mln yevro taklif etayotgani aytilgandi.
Jamoaning asosiy tarkibidan joy ola olmagan Isko esa joriy transferlar vaqtida «Yuventus» va «Milan» variantlarini rad qilgandi.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
22:05 / 31.01.2023
Abramovich «Chelsi»sini sotishdan tushgan pullar Ukrainaga beriladi
13:25 / 17.06.2017
«Real» o‘yinchilari Ronalduning jamoani tark etishidan maqsadini bildirishdi
14:34 / 28.05.2017
Ronalduning o‘g‘li otasini juda mamnun qildi (video)
14:40 / 13.05.2017