Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh shtatlaridan birida masxarabozlar kiyimidagi to‘da paydo bo‘ldi
AQShning Janubiy Karolina shtatidagi Grinvill shahri aholisi ko‘chalarda masxaraboz kiyimidagi shubhali kishilarning paydo bo‘lganidan xavotirga tushdi. Bu haqda Washington Post xabar bermoqda.
Mahalliy aholi niqoblar ostida manyaklar yashirinayotgan bo‘lishidan xavotirlanmoqda. Bir shaharlik farzandlari shubhali kimsalar bilan muloqot qilgandan keyin "masxaraboz kiyimidagi odam bolalarni o‘rmonga olib ketmoqchi bo‘lgani" haqida qo‘shnilari orasida maktub tarqatgan. "Ularning ba'zilarida zanjirlar, boshqalarida pichoqlar bo‘lgan, yana boshqalari bolalarga pullar, konfetlar taklif qilib, ular bilan birga ketishni aytishgan", deb ma'lum qilgan erkak.
Yana bir ayol masxarabozlar kechasi o‘rmonda lazer ukazkalar bilan yorug‘lik tushirayotganlari, uning qo‘shnisi esa uyi yaqinidagi chiqindi konteynerlari yonida shubhali masxarabozni ko‘rganini aytgan.
Politsiya aholining xavotirlariga javob bergan: ularning aytishicha, oxirgi kunlarda bu borasida faqat bir dona ariza tushgan. Politsiya tergov olib bormoqda va vaziyatni kuzatmoqda.
Masxaraboz niqobi ostida o‘z jinoyatlarini amalga oshirgan Jon Geysi ismli kimsa 1972-1978 yillar davomida 33 nafar yosh kishini zo‘rlab, o‘ldirgan.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21 / 06.05.2026
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52 / 06.05.2026