“Özbekiston havo yöllari” milliy aviakompaniyasi 2016 yilning 31 avgust kuni ikki Boeing-787 Dreamliner samolyotidan birini qölga kiritdi.
“Özbekiston havo yöllari” ranglari tuşirilgan Boeing-787 Dreamliner avialayneri bugun, soat 10:00da “Toşkent” xalqaro aeroportida qönişni amalga oşirdi. Şu bilan Özbekiston aviakompaniyasi Boeing-787 Dreamliner’ning yangi ekspluatantiga aylandi.
Samolyot Siyetldan Toşkentga 12 soat davomida töğridan-töğri parvoz qildi. Yangi Boeing-787 Dreamliner’ni uçuvçi instruktor Iosif Zak, samolyot qömondoni Asadjon Tursunov va aviakompaniyaning boş şturmani Stanislav Gurfinkellar boşqarişdi.
Havo kemasini kutib olişga bağişlangan tantanali marosim Toşkentda davlat organlari va aviakompaniya rahbariyati iştirokida bölib ötdi.
Yangi samolyot uzoq hamda juda uzoq xalqaro yönalişlarda ekspluatatsiya qilinadi va Toşkent-Nyu-York yönalişida töğridan-töğri parvozlarni amalga oşiriş imkonini beradi.
Boeing 787 Dreamliner — keng fyuzelyajli ikki motorli reaktiv yölovçi samolyoti. Yölovçilarning maksimal soni: 250 nafardan 330 nafargaça.
Boeing kompaniyasining ta'kidlaşiça, Dreamliner avvalgi samolyotlarga qaraganda ança tejamkor böladi. Boeing 787 bunday ölçamdagi ilk yölovçi samolyoti böldi, uning fyuzelyaji töliq kompozit materiallardan tayyorlangan.
“Özbekiston havo yöllari” MAK va Boeing kompaniyasi ikki Boeing-787-800 Dreamliner samolyoti va zahira dvigateli xaridiga doir şartnoma tuzgan.
Şartnoma qiymati 246,4 million dollarni taşkil qiladi. Özbekiston Respublikasining Tiklaniş va taraqqiyot fondi samolyotlar xaridini moliyalaştiriş maqsadida 223,2 million dollar kredit ajratdi.




























