Malayziya politsiyasi "IŞID" terrorçi guruhining 3 nafar a'zosini qölga oldi. Ular, 31-avgust kuni nişonlanadigan mamlakat Mustaqilligi kunida terrorçiliklarni amalga oşirişni rejalaştirgan, deb yozmoqda Star naşri.

Gazetaning yozişiça, savdo-köngiloçar markazlari, politsiya uçastkalari va Selangor ştatidagi hindular ibodatxonasi terrorçilarning nişoni bölişi kerak edi. Gumondorlar özlarining ğarazli niyatlarini öq otar qurollar va granatalardan foydalangan holda amalga oşirişni rejalaştirgan. 

Ta'kidlanişiça, IŞID a'zolari 27-29 avgust kunlari Paxang va Selangor ştatlarida hibsga olingan. Politsiya boş inspektori Tan Sri Xalid Abu Bakarning sözlariga köra, uç nafar gumonlanuvçi IŞID jangarisi Muhammad Vandi Mohammad Jyedining körsatmalariga amal qilişgan. 

"Ular, qöporuvçiliklarni amalga oşirgaç, Suriyaga yöl olmoqçi bölişgan", — degan politsiya vakili.