AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining fregati Tinç okeanining markaziy qismida buzilib qoldi. Voqea AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining Independence turidagi USS Coronado sohilböyi hududi harbiy kemasi bilan yuz berdi. Bu haqda Defense News’ga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, muammolar 29 avgustda kemaning dvigatel tizimida paydo bölgan. Hozir fregat Gavayidagi Perl-Xarbor bazasiga qaytmoqda. Kema texnik nosozlik tufayli soatiga bor-yöği 18,5 km tezlik bilan harakatlanmoqda. U yana 1,5 ming km yöl bosib ötişi kerak.
Kema bortida 70 nafar dengizçi bor. U bazani 26 avgustda tark etgan.
Oxirgi oylarda bu AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining birinçi buzilib qolgan kemasi emas. Iyulda Freedom, yanvarda esa Fort Worth LCS-3, undan ham oldirnoq esa eng yangi Milwaukee kemasi işdan çiqqandi.
















