Microsoft’ning avtomatik tarjima qiluvçi ilovasida yöl qöyilgan xato Saudiya Arabistoni davlat amaldorlarining ğazabini qözğatdi, ijtimoiy tarmoqlarda esa kompaniya mahsulotlarini umummilliy rad etişga çorlandi.
Gap şundaki, Microsoft kompaniyasiga qaraşli Bing tarjimoni IŞIDning arabça nomi(داعش)ni ingliz tilida Saudiya Arabistoni (Saudi Arabia) deya körsatgan.
Xatolik ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari tomonidan tezda aniqlandi, ular bunday notöğri tarjima uçun Microsoft kompaniyasining barça mahsulotlariga nisbatan boykot e'lon qilişga çaqirişdi.
Saudiya Arabistonida Microsoft kompaniyasi manfaatlarini himoya qiluvçi Mamduh Najar bunday xatolik uçun uzr söradi: “Men kompaniya xodimi sifatida Saudiya Arabistonining buyuk xalqi oldida qasddan qilinmagan xato uçun uzr sörayman”, - deb yozdi Najar özining tvitterida.
Avtomatik tarjimon xatosini Najar servis uçun tarjima tanlovi mexanizmining işdan çiqqanligi bilan izohladi: Bing foydalanuvçiga birinçi navbatda kamida ming kişi tasdiqlagan tarjimalarni körsatadi, bu esa öz navbatida manipulyatsiya uçun imkoniyat yaratadi.
Najarning sözlariga köra, xato topilganidan söng bir neça soat davomida töğirlangan.













