AQŞ prezidenti Barak Obama Anqaraga Suriya kurdlarining mudofaa kuçlari mamlakat şimolidagi Manbij şahrini egallab olmasliklariga kafolat berdi. Bu haqida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ma'lum qildi. 

Avval Suriya Kurdistonining Moskvadagi vakolatxonasi rahbari Rodi Usmon kurdlar tomonidan yaratilgan "Şimoliy Suriya va Rojava federatsiyasi" hamda Suriya demokratik kuçlari IŞIDdan tortib olingan Manbij şahrini tark etmasliklari haqida xabar qilgandi. 

"Manbijning 90 foiz aholisi - arablar. Boşqa etnik guruhlar, şu jumladan kurdlar u yerda kamçilikni taşkil qiladi. Men bu haqida Barak Obamaga aytdim va suriyalik kurdlar mudofaasi u yerga kira olmasligini ta'kidladim, u menga buni kafolatladi. Bu kelişuv rasman qayd etildi", - dedi Erdöğan G20 sammitiga ketişdan avval Anqara aeroportidagi matbuot anjumanida.

Turkiya armiyasi ötgan haftada VVS xalqaro koalitsiyasi va Suriya muxolifati iştirokida mamlakat (Suriya) şimolidagi Jarablus şahrida IŞIDga qarşi "Yevfrat qalqoni" operatsiyasini boşlab yubordi. Anqaraning harakatlari Damaşqda  suverenitetning buzilişi, deya baholandi, operatsiya jarayonida turk harbiylari IŞID pozitsiyalariga emas, tinç aholiga hujum uyuştirgani ma'lum qilindi.  

Duşanba kuni Turkiya TIV kurdlarga Yevfratdan şarqqa  ketişni talab qilib, ultimatum qöydi. AQŞ hukumati Turkiyaning kurdlarga bergan zarbalarini tanqid ostiga olib, Anqarani IŞID bilan kuraşişga diqqatni qaratişga çaqirdi.