Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 1990-yillar boşida mamlakatda sodir bölgan fuqarolik uruşi Tojikiston Islom tiklanişi partiyasi taşabbusi bilan mullalar tomonidan boşlanganini eslab ötdi.  

"Biz hali mamlakatimizni mustaqillikning boşlarida qamrab olgan va ön minglab odamlar halok bölgan, ayniqsa Xatlon viloyatida, fuqarolik uruşi oqibatlarini unutganimiz yöq", deb aytdi Rahmon.

Uning aytişiça, islom, jumladan uning xanafiylik oqimi, tinçlik, totuvlik va insoniylik dini hisoblanadi, biroq tojik yetakçisining fikriça, mamlakat yoşlarini "yot oqim va e'tiqodlardan himoyalaş kerak".

May oyida "Tojik mehnat muhojirlari" Umumrossiya jamoatçilik harakati rahbari Karomat Şaripov Tojikistonda yangi fuqarolik uruşi yuz berişi mumkinligini aytgandi. U Rahmonni "mamlakatning haqiqiy muammolarini bilmaslikda" ayblab, tanqid qilgandi. "Bizga köplab murojaatlar tuşmoqda, odamlar yordam söramoqda. Uruş hali oldinda", deb aytgan Şaripov.

Tojikiston Islom tiklanişi partiyasi Tojikiston Oliy sudining 2015 yil 29 sentabrdagi qarori bilan taqiqlangan. Tojikistondagi fuqarolik uruşi vaqtida bu partiya hukumatga qarşi turgan Birlaşgan tojik muxolifati tarkibiga kirgan. 1997 yilda hukumat va muxolifat örtasida tinçlik sulhi tuzilgandan keyin mamlakat adliya vazirligida qayd etilgan.

Tojikistondagi fuqarolik uruşi 1992 yildan 1997 yilgaça davom etgan. Uruş vaqtida 60 mingga yaqin odam halok bölgan.