Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018 saralashi. Braziliya, Argentina, Urugvay va Chili o‘z uchrashuvlarini o‘tkazishdi
6 sentabr oqshomida Janubiy Amerika mintaqasida JCh-2018 saralashi doirasida 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Braziliya terma jamoasi o‘z maydonida Kolumbiyani qabul qildi Miranda va Neymarning gollari evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shuningdek, Markinos avtogol muallifi bo‘ldi.
Argentina terma jamoasi Messi ishtirok etmagan va safarda kechgan uchrashuvda Venesuelani mag‘lub eta olmadi. Argentinaliklar o‘yin davomida 2ta to‘p farqi bilan ortda borayotib, durang qayd etdi.
Ushbu natijalardan keyin Braziliya o‘z ochkolari sonini 15taga yetkazib oldi va Argentina bilan birgalikda 2 va 3-o‘rinlarni egallab turibdi.
Birinchi o‘rinda Urugvay. Urugvay bu turda o‘z maydonida Paragvayni yirik hisobda mag‘lub etdi va ochkolari sonini 16taga yetkazdi. Kavani dublga erishgan bo‘lsa, gollardan biriga Suares mualliflik qildi.
So‘nggi 2ta Amerika kubogining g‘olibi — Chili terma jamoasi o‘z Boliviyani mag‘lub eta olmadi. Natijada chililiklar 11 ochko 7-o‘rinni band etib turishibdi.
Peru va Ekvador uchrashuvida mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Braziliya – Kolumbiya 2:1
Gollar: 1:0 – 2 Miranda, 1:1 – 36, avtogol Markinos, 2:1 – 74 Neymar.
Braziliya – Alisson, Markinos, Marselo, Dani Alves, Miranda, Renato Augusto, Kazemiro, Paulino (Juliano, 71), Villian (Koutino, 66), Neymar, Gabriel Jyezus (Tayson, 86).
Kolumbiya – Ospina, Murilo, Dias, Medina, Murilo, Xames, Sanches, Barrios, Torres (Kuadrado, 52), Muriel (Moreno, 85), Bakka (Martines, 72).
Ogohlantirishlar: Medina (15), Paulino (33), Neymar (45), Marselo (80), Juliano (90).

Urugvay – Paragvay 4:0
Gollar: 1:0 – 18 Kavani, 2:0 – 42 Rodriges, 3:0 – 45, penalti Suares, 4:0 – 54 Kavani.
Urugvay – Muslera, Ximenes, Silva, Koruxo, Godin, Sanches, Arevalo, Ramires (Pereyra, 87), Rodriges, Suares (Ernandes, 76), Kavani (Stuani, 72).
Paragvay – Barreto, Agilyar, Kandiya, Moreyra, da Silva, Riveros, Ortigosa (Riveros, 65), Romero, Ayyala (Almiron, 56), Leskano (Santander, 46), Romero.
Ogohlantirishlar: Ximenes (9), Ramires (56), Agilyar (74).

Venesuela – Argentina 2:2
Gollar: 1:0 – 35 Anor, 2:0 – 53 Martines, 2:1 – 58 Pratto, 2:2 – 83 Otamendi.
Venesuela – Ernandes, Velaskes, Viskarrondo, Vilyanueva, Gonsales (Garsiya, 71), Anor, Flores, Rinkon, Martines (Kouffati, 78; Del Vale, 81), Penyaranda, Rondon.
Argentina – Romero, Otamendi, Roxo (Gaytan, 83), Sabaleta, Funes Mori, Bigliya (Alario, 71), Maskerano, Banega, Lamela (Korrea, 67), Di Mariya, Pratto.
Ogohlantirishlar: Otamendi (30), Maskerano (33), Gonsales (40), Funes Mori (74).

Chili – Boliviya 0:0
Chili – Toseli, Isla, Roko, Mena, Fuensalida (Pinilya, 71), Arangis, Vargas, Vidal, Sanches, Silva, Milyar (Fernandes, 54; Guterres, 64).
Boliviya – Lampe, Raldes, Bexarano, Rodriges, Senteno, Asoge, Flores, Smedberg-Dalense (Saavedra, 82), Duk (Flores, 68), Moreno, Arse (Kabrera, 77).
Ogohlantirishlar: Flores (41), Silva (63), Lampe (81), Vidal (90).

Peru – Ekvador 2:1
Gollar: 1:0 – 19, penalti Kueva, 1:1 – 31 Achiler, 2:1 – 78 Tapiya.
Peru – Galese, Ramos, Yotun, Trauko, Abram (Arauxo, 17), Tapiya, Benavente (Ruidias, 73), Kueva, Korso (Revoredo, 46), Flores, Gerrero.
Ekvador – Dominges, Achiler, Mina, Ayovi, Valensiya, Noboa, Kinones (Grueso, 49), Montero (Arroyo, 86), Bolanos (Ibarra, 62), Kaysedo, Valensiya.
Ogohlantirishlar: Galese (28), Trauko (39), Mina (58), Grueso (66), Achiler (77), Gerrero (89).
Chetlatish: Arroyo (90).


Mavzuga oid
08:05 / 07.04.2026
Strategik resurslar xaritasi: nodir yer elementlari kimning qo‘lida?
20:09 / 09.03.2026
Braziliyadagi futbol uchrashuvida 23 ta qizil kartochka ko‘rsatildi
07:36 / 29.12.2025
Braziliya qanchalik katta? Infografikada haqiqiy ko‘lam
08:24 / 15.12.2025