Kelajakning zaryad moslamalari çöntak elektronikasini inson taftidan tok işlab çiqarib, energiya bilan ta'minlay oladi. Xitoylik olimlar ana şunday tizim prototipini Angewandte Chemie International Edition jurnalida taqdim etişdi.
Elektron qurilmalar qançalik qulay, ixçam va tejamkor bölgani sayin ularni quvvat bilan ta'minlaş masalasi şunçalik dolzarblaşib bormoqda. Akkumulyatorlar oğir, murakkab va xavfliligiça qolmoqda, şu bois olimlar yangi gadjyetlarni quvvatlovçi uskunalar bilan ta'minlaş ustida boş qotirişmoqda. Ulardan birini Xuaçjun Ilm-fan va texnologiya universiteti professori Tszyun Çjou va uning hamkasblari taklif qildi - töğridan-töğri kiyimga integratsiyalaş mumkin bölgan oddiy termoelektr tizim.
Bir juft elektrodni elektrolit aralaşmasiga solinsa va ular orasida harorat gradiyenti qöllab-quvvatlansa, zanjirda elektroharakatlantiruvçi kuç paydo böladi. Bunday termoelementlar ançadan beri ma'lum, lekin teri va havo örtasidagi harorat tafovuti hozirça yetarli energiya bera olmayapti.
Olimlar uning samarasini kuçaytiriş uçun öz tizimlarida suyuq emas, gel elektrolitlarni qöllaşdi. Ikki xil termoelement kombinatsiyasi elektr işlab çiqarişni taxminan ikki barobarga oşirdi.
Tszyun Çjou va uning hamkasblari ta'kidlaşiça, yaqin kunlarda ular tizimda qöşimça takomillaştiriş işlarini olib borib, past haroratli gradiyentlardan köproq energiya olişning uddasidan çiqişadi.

















