Rossiyaning Mineralnyye Vody bojxonasi va Federal xavfsizlik xizmatining Stavropol ölkasi boşqarmasi umumiy oğirligi 500 gramm va narxi 40 mln rubldan köproq bölgan ikkita partiya brilliantlar kontrabandasini foş qildi.
"Dubaydan uçib kelgan ayol mamlakatga qimmatbaho toşlarni noqonuniy yöl bilan olib kirmoqçi bölgan. Ayol bojxonadan 207 gramm brilliantni yaşirişga urinişda antiqa yöl tutdi va toşlarni kosmetik krem va xurmo içida yaşirdi. Biroq ayol bojxonaçilarni alday olmadi", deb aytildi bojxonada.
Avgustda ham Mineralnyye Vody’da xuddi şu reys bilan kelgan doğistonlik ayol uşlangandi. U bojxonadan ötiş vaqtida "yaşil yölakni" tanlagan. Biroq bojxonaçilar tekşiriş qurilmasi kamerasida ayolning jamodonidagi şubhali qoramtir izlarga e'tibor qaratişgan. Aniqlanişiça, u yerda 233 gramm brilliant bölgan. Polietilen paketlarga solingan turli sayqalga ega qimmatbaho toşlar kiyimlar orasiga yaşirilgan bölgan.
Uşlangan ayollarning aytişlariça, brilliantlar ularning şaxsiy ehtiyojlari uçun möljallangan bölgan.
Ma'lum qilinişiça, strategik muhim zaxiralar kontrabandasi uçun ayollarga nisbatan jinoiy işlar qözğatilgan. Ular 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişlari va bir million rublgaça jarimaga tortilişlari mumkin.

















