Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Xavfsizlik Kengashi 9 sentabr kuni KXDR bo‘yicha favqulodda yiig‘ilish o‘tkazadi
BMT Xavfsizlik Kengashi (XK) 9 sentabrda KXDR bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqida Renxap agentligiga Janubiy Koreya diplomatik doiralarida xabar berishdi.
KXDRning navbatdagi yadroviy sinovidan so‘ng Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSh BMTga Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini tashkillashtirishga oid qo‘shma so‘rov bilan murojaat qilishgan edi.
Mahalliy vaqt bilan soat 9:30da KXDRda 5,0 magnitudali zilzila qayd etildi. Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe va Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga KXDRdagi seysmik hodisa haqidagi xabar paydo bo‘lgandan keyin Shimoliy Koreya o‘z mamlakatida navbatdagi yadroviy sinovini o‘tkazganini ma'lum qilishdi.
Janubiy Koreya harbiylarining so‘zlariga ko‘ra, portlovchi qurilmaning kuchi taxminan 10 kilotonni tashkil qilgan, bu yanvar oyida o‘tkazilgan 6 kilotonnli portlash kuchidan deyarli ikki barobar ko‘p.
Mavzuga oid
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
18:09 / 31.05.2026
Samarqandda Global ekologik fond Kengashining 71-yig‘ilishi boshlandi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026