Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qilayotgan Paralimpiya o‘yinlarida 1500 m masofaga yugurish bo‘yicha musobaqada 4 nafar sportchi shu masofada 2016 yilgi Olimpiada chempioni bo‘lgan amerikalik Mettyu Tsentrovitsdan tezroq kelishdi.
T12 va T13 toifasida (ko‘rish qobiliyati 10 foizgacha pastlagan sportchilar va 6 m masofadan narini ko‘ra olmaydigan sportchilar o‘rtasida) o‘tkazilgan yugurish musobaqasida finalga jazoirlik Abdullatif Baka yetib keldi. U 3:48,29 natijasi bilan birinchi bo‘lib marraga kelgan hamda jahon rekordini o‘rnatgan. Kumush medal efiopiyalik Tamir Demissega (3:48,59), bronza esa keniyalik Genri Kirvaga nasib qilgan.
Bu orqali paralimpiyachilar Olimpiadada shu masofaga 3 daqiqayu 50 soniyada yugurgan Mettyu Tsentrovitsning natijasidan o‘zib ketishgan. Paralimiyada to‘rtinchi o‘rinni egallagan jazoirlik Fuad Bakaning natijasi ham (3:49,59) natijasi ham amerikalik sportchining natijasidan yaxshiroq.












